Kirame One v1.0.06: Kirame Pass, Native Captcha va Referal Tizimi
Kirame One mijozlar ilovasi katta yangilanish bilan chiqdi:Kirame Pass: Yangi raqamli pass tizimi to'liq integ...
BatafsilWeb Kassa (POS), Offline Local Kassa, ombor nazorati, onlayn do'kon vitrinasi, Kirame Pass keshbeki va Uzum/WB/Yandex integratsiyalari — barchasi bitta markazda.
Kirame faqat kassa emas: savdo, mijozlar, xodimlar, logistika va AI — hammasi yagona markazda.
Brauzerda to'laqonli kassa: shtrix-kod skaner, chegirmalar, smena va Z-hisobot — o'rnatishsiz.
Har bir do'konga @brend nomli savatli onlayn do'kon — xaridorlar buyurtma beradi.
Mijozlar uchun raqamli karta, QR to'lov, keshbek va ballar tizimi.
Filiallararo tovar ko'chirish 8 xonali kalit va QR orqali — soniyalarda, yo'qotishlarsiz.
Ko'p filialli boshqaruv: har bir filial alohida qoldiq, hisobot va xodimlar bilan.
Mijoz ism-familiya-telefon bilan qarz yozish, to'lovlar tarixi va avvalgi qarzlari bir oynada.
Kassir/kuryer/menejer rollari, kalitli havola orqali tasdiqlashsiz qo'shilish, davomat va maosh.
Buyurtmalarni kuryerlarga uzatish, manzil navigatsiyasi va yetkazish holatlari real vaqtda.
Do'kon ichki chati, G2G tovar so'rovlari va mijozlar bilan aloqa bitta joyda.
Claude, ChatGPT va Cursor AI do'koningizni boshqaradi: mahsulot, tahlil, qarzdorlar — 16 ta xavfsiz tool.
Bir tugma bilan to'liq zaxira: mahsulotlar, savdolar, qarzlar — xavfsizlik kafolati bilan.
Buyurtmalar va savdo hisobotlari Telegram'da; do'koningiz Telegram WebApp vitrinasida.
Uzum Market, Wildberries va Yandex Market havolalari vitrinangizga ulanadi.
Do'kon va mijozlar uchun nodir @username — AI tavsiya qiladi, bir bosishda sotib olasiz.
Mono, Boxed va Modern chek dizayni + o'z header/footer matningiz — har bir chekda.
Kirame Global, Kirame Flash va Kirame Pass ilovalari — APK to'g'ridan-to'g'ri serverdan.
Kirame ekotizimi barcha uskunalar bilan to'liq uyg'unlikda ishlaydi — kassadan mijoz kartasigacha.
Skanerlang, chegirma qo'llang, F9 bosching — chek 3 xil uslubda chiqadi. Hech narsa o'rnatish shart emas.
Tezkor savdo uchun yengil ilova: katta tugmalar, minimal xotira, offline rejimda ham savdo.
Mono, Boxed va Modern dizaynlar — 58mm/80mm printerlarda. O'z header/footer matningiz bilan.
Kirame'ning asosiy vazifasi: internet ishonchsiz bo'lsa ham kassa ishonchli ishlaydi.
Kassa sezadi va offline rejimga o'tadi — siz buni ham sezmay qolishingiz mumkin.
Har savdo telefon xotirasida qo'riqlanadi: chek, qoldiq, vaqt.
Kassa o'zi sezadi, navbat shakllanadi va yuklash boshlanadi.
Savdolar ketma-ket yuklanadi, qoldiqlar to'g'rilanadi, hisobotlar to'ladi.
Kirim, inventarizatsiya, minimal qoldiq va Excel import — omborxona qog'ozsiz boshqariladi.
Kod skanerlaysiz — mahsulot topiladi, qoldiq va narx o'zi yangilanadi.
Sanash rejimi: fakt qoldiq tizimdagi qoldiq bilan solishtiriladi, farq hisoboti chiqadi.
30 kun sotilmagan tovarlar alohida ro'yxatda — aksiya yoki qaytish uchun.
Rang, o'lcham, xarakteristika bo'yicha alohida qoldiq va alohida shtrix-kod.
Qoldiq chegaradan pastga tushganda vitrinada va chatda xabar keladi.
Minglab mahsulotni Excel fayldan bir martada yuklaysiz, eksport ham bir tugmada.
Portal Tahlil bo'limida har kuni yangilanadigan ko'rsatkichlar — qaror qabul qilish uchun.
Naqd, karta, onlayn, qarz va Kirame Pass kesimida — kassa hisoboti bilan bir xil raqamlar.
Eng ko'p sotilgan va eng ko'p daromad keltirgan pozitsiyalar.
Uzoq sotilmagan tovarlar — muzlatilgan pulingiz qayerda ekanini ko'rsatadi.
Qaytarilgan savdolar, summa va sabablar alohida jadvalda.
Karta to'lovlari ulushi, keshbek xarajati va kartalarda o'rtacha chek.
Kim ko'paymoqda, kim to'layapti — qarzdorlar dinamikasi bitta grafik mantiqda.
Tovarni yuk mashinada emas, kalitda yuboring: yo'qotish, ikkilash, chalkashlik yo'q.
Yuboruvchi filial 8 xonali ko'chirish kaliti yaratadi yoki QR ko'rsatadi.
Ko'chiriladigan pozitsiyalar va miqdorlar belgilanadi — har bir qoldiq nazoratda.
Qabul qiluvchi filial kalitni kiritadi yoki QR skanerlaydi, tovarlar bir bosishda qabul qilinadi.
Yangi qurilma sotib olish shart emas — Kirame standart uskunalar bilan ishlaydi.
58mm / 80mm termal printerlar: USB, LAN, Bluetooth — XPrinter, Rongta, Goojprt va boshqalar.
1D/2D USB va Bluetooth skanerlar: mato, yorliq va ekrandan o'qiydigan modellar.
Meva-sabzavot uchun yorliq chizadigan tarozular, og'irlik bo'yicha savdo oqimi.
Chrome, Edge, Safari brauzerlari — Windows, macOS, Android planshetlarda bir xil ishlaydi.
Kirame Flash: Android 7+ telefonlar; Global ilova: Android 11+ flagmanlar.
USB yoki RJ11 orqali kassa qutisi — chek chiqqanda o'zi ochiladi.
Kassa va vitrina bitta yurakdan urib turadi: qoldiq, narx, buyurtmalar real vaqtda.
Kassadagi mahsulotlar o'zi vitrinada ko'rinadi: rasm, narx, qoldiq — alohida kiritish yo'q.
@brend nomli qisqa havola: Instagram bio, Telegram kanal, vizitka QR — istalgan joyga.
Mehmon ham, Kirame Pass egasi ham buyurtma beradi: mahsulotga like bosadi, savatga tashlaydi.
Yangi buyurtma va Telegram'da ko'rinadi — tasdiqlaysiz va yetkazishga uzatasiz.
Xodimga rol bering — tizim o'zi kerakli oynalarni ko'rsatadi, qolganini yashiradi.
Model Context Protocol — Claude va boshqa AI agentlar do'koningiz mahsulotlari va savdosini real vaqtda o'qishi uchun xavfsiz rasmiy API. Max va Enterprise tariflarda.
AI do'kon katalogini o'qiydi: nom, narx, qoldiq, toifa.
Kunlik savdolar, foyda va ommabop tovarlar AI hisobotida.
SHA-256 hashlangan token — istalgan payt bekor qilasiz.
Connectors → custom endpoint → Bearer token. Tayyor.
Claude, ChatGPT yoki Cursor orqali do'koningizni so'zlarda boshqaring — har bir amal auditda.
search_products()
Mahsulot qidirish
Nom, shtrix-kod yoki kategoriya bo'yicha topish
add_product()
Mahsulot qo'shish
Yangi SKU qo'shish: narx, qoldiq, kategoriya
update_stock()
Qoldiq yangilash
Kirim/chiqim, inventarizatsiya natijalari
get_sales_report()
Savdo hisoboti
Kun/hafta/oy kesimida savdo va foyda
get_debtors()
Qarzdorlar
Kim qancha qarzdor, to'lov tarixi bilan
repay_debt()
Qarz to'lovi
Qarzdordan to'lov qabul qilish va yopish
get_top_products()
Top mahsulotlar
Eng ko'p sotilgan T0p-10 tahlili
get_dead_stock()
O'lik qoldiq
30 kundan beri sotilmagan tovarlar
manage_categories()
Kategoriyalar
Kategoriya yaratish va tahrirlash
get_branches()
Filiallar
Filial qoldiqlari va ko'rsatkichlari
get_workers()
Xodimlar
Xodimlar ro'yxati va faolligi
get_cash_flow()
Kassa harakati
Naqd kirim/chirim va xarajatlar
create_backup()
Zaxira olish
Do'kon ma'lumotlarini zaxiralash
get_analytics()
Chuqur tahlil
Kirame Pass, qaytarish va o'sish ko'rsatkichlari
send_notification()
Bildirishnoma
Xodimga yoki mijozga xabar yuborish
check_permissions()
Ruxsat tekshiruv
Agent qaysi amallarga haqli ekanini bilish
Har qurilma uchun o'z ilovasi: flagman telefondan eski tugmali telefgacha. APK fayllar to'g'ridan-to'g'ri rasmiy serverimizdan.
v1.0.05 · 45.9 MB
Flagman bulutli boshqaruv: filiallar, xodimlar, to'liq POS va ombor — Android 11+.
v1.0.04 · 27.3 MB
Kirame Flash (Tezkor kassa) — Qisman offline ishlash, filiallar boshqaruvi va bluetooth printerlar.
v1.0.0 · 0 MB
Mijozlar uchun Kirame Pass: keshbek, QR to'lov va cheklar arxivi.
v1.0.0 · 0 MB
100% internetsiz kassa (hali ishlab chiqilmoqda) — Bluetooth printer bilan.
Flagman bulutli boshqaruv: to'liq POS, filiallar, xodimlar, ombor va tahlil — Android 11+.
Yuklab olish
Yangi avlod: qisman offline kassa, filiallar boshqaruvi, simsiz bluetooth chek printerlari va AI qoldiq tahlili.
Yuklab olish
Mijozlar uchun Kirame Pass: QR to'lov, keshbek, P2P va cheklar arxivi.
Yuklab olish
100% internetsiz kassa (jarayonda): Bluetooth printer, lokal bazalar, USB sinxron.
Yuklab olishShaffoflik: nima tayyor va nima ustida ishlanayotganini ommaviy ko'rsatamiz.
An'anaviy usullar va Kirame — bir qarashda farqni ko'ring.
Uch tayyor uslub, o'z header/footer matningiz, termal printer to'liq moslashuvi.
Zamonaviy minimalizm: logotip, chiziqli ajratgichlar, keshbek va QR pastda.
Klassik ramkali uslub: bosh sarlavha ramkada, umumiy summa qalin qutida.
Keng harflar bilan sarlavha, batafsil mahsulot jadvali va footer matni.
Kirame Pass ilovasi: QR to'lov, keshbek, cheklar arxivi, like va P2P — hammasi bir ilovada.
Kassada o'z QR kodingizni ko'rsatasiz yoki do'kon QR'ini skanerlaysiz — PIN tasdiqlashi bilan to'lov yopiladi.
Har xariddan do'kon foizida keshbek ball; balans ilovada real vaqtda ko'rinadi.
Barcha xaridlar ro'yxatda: summa, do'kon, sana — kassirdan chek so'rash shart emas.
Yo'qgan mahsulotga yurak bosasiz — brend o'zining eng sevimli tovarlarini ko'radi.
Do'stingiz karta raqamisiz: QR skaner bilan pul yuborish, 0.3% gacha komissiya.
Platforma yangiliklari ilova ichida karuselda — hech narsani o'tkazib yubormaysiz.
Karta raqami yodlash, qo'lda kiritish yo'q. QR va PIN — barchasi.
Kirame Pass ilovasidagi QR kod kassa skaneriga tutib beriladi.
Savdo summasi o'rnatiladi, keshbek foizi avtomatik hisoblanadi.
4 xonali PIN bilan to'lov tasdiqlanadi — karta raqami kerak emas.
Termal chek chiqadi, ball va keshbek kartaga tushadi. Hammasi 3 sekundda.
Bepul Starter'dan yirik tarmoqlar uchun Max'gacha — barchasi shaffof, yashirin to'lovlarsiz.
| Tarif | Narx / oy | Xotira | Xodim | Filial | Telegram bot | |
|---|---|---|---|---|---|---|
| Starter — Boshlang'ich Bepul | 0 UZS Doimiy bepul |
50 MB | 2 tagacha | 1 | — | Tanlash → |
| Basic — Kichik savdo | 19 000 UZS 182 400 / yil |
100 MB | 5 tagacha | 1 | — | Tanlash → |
| Start — Faol savdo | 39 000 UZS 374 400 / yil |
150 MB | 10 tagacha | 2 | Tanlash → | |
| Pro — O'sish | 79 000 UZS 758 400 / yil |
250 MB | 25 tagacha | 5 | Tanlash → | |
| Business — Tarmoq | 149 000 UZS 1 430 400 / yil |
400 MB | 50 tagacha | 15 | Tanlash → | |
| Max — Cheksiz tarmoq | 290 000 UZS 2 784 000 / yil |
600 MB | 500 tagacha | 100 | Tanlash → |
To'liq imkoniyatlar ro'yxati Tariflar sahifasida.
Modullarni alohida yoqasiz: xodim, kuryer, AuraChat, DM va filial. Limit o'rniga oylik modul narxi — kichik do'kon uchun eng adolatli model. Mahsulot joylash doimiy bepul.
Kirame bitta tizimda turli soha talablarini qoplaydi — sozlamalar bir necha bosishda moslashadi.
Mahsulotlar soniya ichida shtrix-kod bilan o'tadi, minglab SKU kassa tezligini sezmaydi.
9 000 — 250 000 SKURang, o'lcham va rang-olcham variantlari alohida qoldiqda hisoblanadi.
Variantli hisobIMEI/seriya raqami kuzatuvi, kafolat muddati va ehtiyot qismlar qoldig'i.
Seriya kuzatuviSeriya va amal qilish muddati, retseptli nazorat va tablierka talab qilinadigan oqim.
Muddat nazoratiStol xaritalari, ofitsiant chaqiruvi, oshxona ekrani va dasturxona xizmati.
Stol xaritasiMetraj, tonna va dona hisobida savdo, yirik ulgurji narx darajalari.
O'lchav birliklariDo'kon egasi, mintaqa dileri yoki dasturchi — har biriga alohida shartlar. Shartnoma ofisga bormasdan 3 qadamda imzolanadi.
Shartnoma bilan Kirame Pass qabul qilasiz: tariflar 5% arzon, hisob to'ldirishda +1% bonus, P2P 0%.
Shartnomani ko'rishO'z hududingizda do'konlarni ulaysiz, ulangan har do'kon obunasidan daromad olasiz.
Shartnomani ko'rishMCP orqali o'z yechimingizni Kirame ekotizimiga ulaysiz.
Shartnomani ko'rishDo'kon sozlamalarida "Tizimga hamkorlik so'rovi yuborish" tugmasini bosasiz — shartnoma loyihasi tizimga tushadi.
Menejer shartnomani ko'radi va imzolaydi. Sizga tasdiqlash so'rovi keladi.
Tasdiqlagach Kirame Pass avtomatik yoqiladi: tariflar 5% arzon, topup +1% bonus, P2P 0%.
Pullik tizim uchun xavfsizlik funksiya emas, poydevor. Kirame shu tamoyil bilan qurilgan.
Barcha trafik TLS orqali; parollar SHA-256 bilan hasqlanadi, hech qachon ochiq saqlanmaydi.
Har bir o'zgartiruvchi so'rov CSRF token, har bir API IP bo'yicha limit bilan himoyalangan.
Kirishda matematik captcha; kassir amallari PIN tasdiqlash bilan yoziladi.
Kim, qachon, nima o'zgartirdi — barcha amallar o'chirib bo'lmaydigan jurnalda.
Bir tugma bilan to'liq zaxira; o'chirilgan mahsulot 15 kun Smart Trash'da tiklanadi.
Kassir narx va tarixni ko'rmaydi; har bir rol faqat o'z oynasini ko'radi.
Uch javohar: muammo, yechim va tamoyil.
Kassa bir joyda, onlayn do'kon boshqada, mijoz kartalari uchinchida. Har tizim alohida pul va vaqt oladi, ma'lumotlar bir-biriga mos kelmaydi.
Kirame kassa, vitrina, Kirame Pass va tahlilni bitta monoxrom oynada birlashtirdi. Bir ro'yxatdan o'tish — barcha qurollarga kirish.
Starter doimiy bepul: kichik savdogar platformadan tushmaydi. Pullik tariflar o'sish bilan birga ochiladi, Flexible esa faqat ishlatganingizcha haq to'laydi.
Daftardan raqamli kassaga — real do'konlar tajribasi.
“Avval daftarda qarzlar yozilardi, endi kassada bir tugma bilan qarzdor tarixi ochiladi. Hisob-kitob xatosi nolga tushdi.”
“Ikkinchi filial ochganda yangi kassa o'rnatishga yarim kun ketmayapti — kalit havola yubordim, kassir o'zi ulandi.”
“Yopilish vaqti 15 daqiqa edi. Endi Z-hisobot o'zi chiqadi, kassani yopish 40 sekund.”
Hech qanday o'rnatish fayli, hech qanday sozlash majburiyati yo'q — bugun ochasiz, bugun sotasiz.
Telefon raqam bilan 1 daqiqada. 18+ va oferta roziligi — bitta belgi bilan.
Brend nomi va faoliyat yo'nalishini tanlaysiz — vitrina va kassa tayyor.
Shtrix-kod skaner bilan yoki Excel import. Narx va qoldiq bir oynada.
Chek chiqadi, hisobot to'planadi, keshbek hisoblanadi — hammasi avtomatik.
Kirame tizimi haqida eng ko'p so'raladigan narsalar.
Do'kon ochish uchun nima kerak?
Hech qanday maxsus server yoki qimmat uskunalar kerak emas. Telefon raqamingiz orqali ro'yxatdan o'tasiz va 1 daqiqada kassa terminali va onlayn do'kon vitrinangiz tayyor bo'ladi.
Internet uzilib qolsa kassa to'xtab qoladimi?
Yo'q, mutlaqo to'xtamaydi. Kirame tizimida Offline-First kassa moduli mavjud. Internet bo'lmaganda savdo qilaverasiz, internet qaytganda ma'lumotlar avtomatik sinxronlanadi.
Chek printeri va skaner ulanadimi?
Ha, USB, LAN va Bluetooth orqali 58mm va 80mm standartdagi barcha termal chek printerlari, shtrix-kod skanerlari va kassa qutilari (cash drawer) to'liq quvvatlanadi.
Kirame Pass nima beradi?
Kirame Pass — mijozlar uchun yagona raqamli karta bo'lib, kassada bir zumda QR to'lov qilish, har xariddan keshbek ballar yig'ish va xarid cheklarini saqlash imkonini beradi.
Xodimlar qanday qo'shiladi?
Tarifingizdagi xodimlar limitida: kalitli havola yoki @username yuborasiz, xodim tasdiqlaydi va o'z accountida do'koningizga ulanadi. Kassir, kuryer, menejer rollari bilan — har biri faqat o'z oynasini ko'radi. Limit to'lsa taklif yuborilmaydi — avval tarifni oshirasiz.
Filiallar qanday boshqariladi?
Har tarifda o'z filial limiti bor (Starter'da 1, Pro'da 5, Business'da 15). Yangi filial qo'shishda limit tekshiriladi: limit to'lsa tizim yangi filial ochishga yo'l qo'ymaydi va tarifni oshirishni taklif qiladi. Har filial alohida qoldiq, smena va hisobot yuritadi.
Kirame Pass'ni qabul qilish pullikmi?
Yo'q, Kirame Pass'ni qabul qilish mutlaqo bepul. Shartnoma bilan (hamkor holat) tarif narxlaringiz 5% arzon tushadi va hisob to'ldirishda +1% bonus olasiz. Do'koningizga biznes karta ochib, barcha kirimlarni o'z kartangizda yig'asiz.
Ma'lumotlarimni o'zim olib chiqib ketolamanmi?
Ha. Bir tugma bilan to'liq zaxira yuklab olasiz: mahsulotlar, savdolar tarixi, qarzlar, xodimlar. Zaxira faylda hamma jadvallar ochiq formatda bo'ladi — hech qanday vendor lock-in yo'q.
Har hafta yangi imkoniyatlar va kassadan tahlilgacha amaliy qo'llanmalar.
Kirame One mijozlar ilovasi katta yangilanish bilan chiqdi:Kirame Pass: Yangi raqamli pass tizimi to'liq integ...
BatafsilKirame GO'da to'lash oqimi qulaylashtirildi:Kassada To'lash tanlovi: tugma bosilganda ikki variant chiqadi — k...
BatafsilAI Kirish Markazi (auth) to'liq qayta qurildi:Captcha savoli: kirish va ro'yxatdan o'tishda bir martalik matem...
BatafsilBarcha Kirame ilovalari qayta qurildi:Universal APK: Kirame GO endi bitta faylda 32-bit va 64-bit telefonlarni...
BatafsilAuraCard ilovasida 'Kassada To'lash' bosilganda ikki yo'l tanlanadi: do'kon kassasidagi QR kodni kameraga tutish yoki o'z karta QR kodingizni kassa skaneriga ko'rsatish. Har ikkala yo'l bir necha soniyada hal bo'ladi.
O'tkazma yuborishda qabul qiluvchi karta raqamini qo'lda yozish o'rniga, qarshi tomonniki QR kodini skanerlaysiz — raqam o'zi to'ldiriladi, siz faqat summa kiritasiz. 16 xonali raqam xatosi butunlay yo'qoladi.
Login va register formalarga matematik xavfsizlik savoli qo'shildi. Har bir urinishda yangi savol, javob bir marta ishlaydi — avtomatik ro'yxatdan o'tish botlari va parol sinovchilari tashqarida qoladi.
To'rt kanalda yordam: qayerda bo'lsangiz, javob shu yerda.
GuardBot va do'kon botlari — savollar, buyurtmalar va hisobotlar shu yerda.
Jamoa bilan savol-javob, G2G so'rovlari va mijozlar DM — chatda.
Bosqichma-bosqich darsliklar: kassa, ombor, Kirame Pass, tahlil mavzularida.
Yangi xodim uchun rollar bo'yicha yo'naltirilgan kirish ekranlari.
Boshlang'ich tarif mutlaqo bepul. Barcha imkoniyatlarni o'zingiz sinab ko'ring — bir daqiqada do'koningiz tayyor.